Napoleonning noyob broshi Sotheby’s auksionida $4,4 mlnga sotildi
eʼlon qilindi
Bu narx dastlabki $200 minglik bahodan bir necha baravar yuqori bo‘ldi

Napoleon Bonapartga tegishli bo‘lgan brilliant brosh Sotheby’s auksionida $4,4 mlnga sotildi. Bu haqda AP xabar bermoqda. Ushbu narx dastlabki $200 minglik bahodan bir necha baravar yuqori bo‘ldi.
Manbaga ko‘ra, brosh Napoleonning shaxsiy buyumlari ortilgan aravada topilgan. Keyinchalik u ikki asrdan ortiq vaqt davomida Gogensollernlar qirollik sulolasi kolleksiyasida saqlangan.
Zargarlik buyumining markazida 13 karatdan ortiq brilliant joylashgan. Uning atrofini mayda qimmatbaho toshlar bezab turadi. Auksionda, shuningdek, Napoleon taxtga o‘tirish marosimida taqqan deb rivoyat qilinadigan yirik yashil berill ham sotuvga qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Napoleonning qilichi kimoshdi savdosiga qo‘yilishi haqida yozgan edi.