BBC Trampdan uzr so‘radi, biroq kompensatsiya to‘lashdan bosh tortdi

eʼlon qilindi
Biroq Tramp tomoni talab qilgan kompensatsiya to‘lovi rad etildi
Tramp: Eron sanksiyalarini bekor qilish mumkinligini so‘ramoqda
Foto: Reuters

Britaniyaning BBC teleradiokompaniyasi AQSh prezidenti Donald Trampdan o‘tgan yili efirga uzatilgan Panorama dasturidagi montaj xatosi uchun rasmiy ravishda uzr so‘radi. Bu haqda RBK nashri xabar berdi. Biroq Tramp tomoni talab qilgan kompensatsiya to‘lovi rad etildi.

Mojoro 2024-yilda efirga chiqqan ko‘rsatuv bilan bog‘liq. Unda Trampning 2021-yil 6-yanvardagi chiqishidan olingan bir necha jumlalar montaj jarayonida birlashtirib yuborilgani uchun, go‘yoki u tarafdorlarini Kapitoliyga bostirib kirishga bevosita undagandek taassurot paydo bo‘lgan. Asl nutqda bu iboralar bir-biridan bir soat farqda aytilgan.

BBC boshqaruvi raisi Samir Shah montaj noto‘g‘ri taassurot berganini tan olib, Oq uyga shaxsan maktub yo‘llagan. Korporatsiya mojaroga sabab bo‘lgan dastur endi efirga uzatilmasligini ham ma’lum qildi. Bu voqea BBC bosh direktori Tim Deyvi va yangiliklar bo‘limi rahbari Debora Ternessning iste’fosiga sabab bo‘lgandi.

Trampning advokatlari korporatsiya raddiya bermasa va kompensatsiya to‘lamasa, $1 milliardlik da’vo bilan sudga murojaat qilishini bildirgan edi. Ammo BBC buni rad etib, mazkur holatda tuhmat bo‘yicha da’vo uchun asos yo‘qligini qayd etdi.

Trampning OAV bilan ziddiyatlari muntazam davom etmoqda. Axios’ning hisob-kitobiga ko‘ra, 2025-yilning birinchi yarmida u OAV va tuhmatga oid besh sud jarayoniga jalb qilingan, bu 2024-yilning butun davridagiga teng.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan BBC bosh direktori Tramp videosini tahrirlash mojarosi ortidan iste’foga chiqqani haqida yozgandi.

Shuningdek