OpenAI ChatGPT’da guruhli chatlarni ishga tushiradi

eʼlon qilindi
Guruhli chatlarda ChatGPT chat-boti suhbat ishtirokchilaridan biri sifatida qatnashadi
OpenAI ChatGPT’da guruhli chatlarni ishga tushiradi / Foto: OpenAI

OpenAI kompaniyasi ChatGPT’da guruhli chatlarni sinovdan o‘tkazishni boshladi. Endi foydalanuvchilar messenjerlardagi kabi do‘stlar, oila a’zolari yoki hamkasblar bilan bir guruhda muloqot qilishlari mumkin.

Guruhli chatlarda ChatGPT chat-boti suhbat ishtirokchilaridan biri sifatida qatnashadi. U ta’til rejalarini tuzishda, ta’mirlash g‘oyalarini berishda yoki barcha ishtirokchilarga yoqqan restoranlarni topishda yordam beradi.

Foto: OpenAI

Shu bilan birga, bot hamkorlikda ishlash imkonini ham beradi: foydalanuvchilar tomonidan qo‘shilgan maqola va eslatmalar asosida hisobotlar tayyorlash mumkin. Javoblar GPT 5.1 Auto asosida ishlab chiqiladi va bot suhbat jarayonini kuzatib, qachon jim turishi va qachon javob berishini biladi. Istalgan vaqtda ishtirokchilar maxsus «ChatGPT» deb botni chaqirishi mumkin.

Guruhli chatlar allaqachon ba’zi hududlarda mobil qurilmalar va veb-versiyada mavjud, jumladan, pullik obunasi bo‘lmagan foydalanuvchilar uchun ham. Har bir guruhga 20 ishtirokchigacha qo‘shish mumkin. Agar ishtirokchilardan kimdir 18 yoshdan kichik bo‘lsa, bot avtomatik ravishda barcha uchun kontentga yosh cheklovlarini joriy qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OpenAI sun’iy intellektga ega ChatGPT Atlas brauzerini taqdim etgan edi.

Shuningdek