Qozog‘iston prezidenti tashrifi, «Oq ko‘prik» stansiyasidagi yangi temir yo‘l, Gubka Bobning yangi film treyleri — 14-noyabrning muhim yangiliklari

Kursiv Uzbekistan 14-noyabr kuni yuz bergan muhim yangiliklarni bir joyga to‘pladi.
14-noyabr kuni xorijiy valyutalarni qaysi banklarda qulay narxda almashtirish mumkin

Tijorat banklari 14-noyabr kungi xorijiy valyutalarni ayirboshlash kurslarini yangiladi. Kursiv Uzbekistan eng yaxshi narxdagi xorijiy valyuta kurslari haqidagi ma’lumotni taqdim qiladi.
Valyuta sotib olish uchun eng qulay banklar
| Valyuta | Eng yuqori kurs (sotib olish) | Bank nomi |
|---|---|---|
| USD | 11 990 so‘m | «Octobank» |
| EUR | 13 960 so‘m | «Anorbank», «Octobank» |
| RUB | 149 so‘m | «Octobank» |
Valyuta sotish uchun eng qulay banklar
| Valyuta | Eng yuqori kurs (sotish) | Bank nomi |
|---|---|---|
| USD | 11 970 so‘m | «Asakabank», «Hayotbank» |
| EUR | 13 785 so‘m | Xalq banki |
| RUB | 140 so‘m | «Octobank» |
O‘zbekistondagi 26 logistika markazi quruqlik porti maqomini oldi

BMTning ESCAP qo‘mitasi yig‘ilishida O‘zbekistondagi 26 ta transport-logistika markaziga quruqlik porti maqomini berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.
Mazkur ro‘yxatga Navoi Cargo, Nukus logistika markazi, Multimodal Trans Terminal hamda Termiz logistika markazi kabi yirik mahalliy xablar kiritildi.
«Oq ko‘prik» stansiyasida yangi temir yo‘l foydalanishga topshirildi

«Oq ko‘prik» stansiyasida yangi 10-sonli temir yo‘l foydalanishga topshirildi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.
Uzunligi bir kilometr bo‘lgan yo‘l noyabr oyining birinchi o‘n kunligida qurilishi boshlanib, bugun ishga tushirildi. Marosimda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ raisi o‘rinbosari A.Kamiljonov, «Qazaqstan temir jo‘li» Milliy kompaniyasi delegatsiyasi, «Temiryo‘linfratuzilma» AJ rahbariyati va stansiya boshliqlari ishtirok etdi.
O‘zbekiston mahsulotlarini Xitoy bozoriga olib chiqish uchun onlayn pavilyon ochildi

Xitoyning yirik elektron tijorat platformasi «JD.com»da O‘zbekistonning milliy pavilyoni ochildi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.
Yangi pavilyon o‘zbek mahsulotlarini Xitoy bozoriga qulay tarzda chiqarish, milliy brendlarning onlayn savdodagi ishtirokini kengaytirish va tadbirkorlarning xalqaro elektron savdoga kirishini tezlashtirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston BP bilan Ustyurt platosida neft qazib olish bo‘yicha muzokara boshladi

O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning aytishicha, Ustyurt platosidagi neft-gaz loyihasiga xalqaro kompaniya BP qiziqish bildirgan. Bu haqda u «Report» agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Hozirda Toshkent transmilliy kompaniyaning loyiha doirasidagi ishtiroki bo‘yicha dastlabki muzokaralar olib bormoqda. Jarayonda «O‘zbekneftgaz» va Ozarbayjonning SOCAR kompaniyasi ham qatnashmoqda.
«Gubka Bob: To‘rtburchak shim izidan» yangi treyleri taqdim etildi
Paramount Pictures mashhur Gubka Bob qahramoni haqidagi yangi to‘liq metrajli animatsion film – «Gubka Bob: To‘rtburchak shim izidan» kartinasining navbatdagi treylerini e’lon qildi. Filmning premyerasi 19-dekabrga belgilangan. Bu haqda Afisha Daily nashri xabar berdi.
Ronaldu «qizil» olgan o‘yinda Portugaliya yutqazdi

Krishtianu Ronaldu Irlandiyaga qarshi bahsda to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka oldi. Portugaliya 2:0 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda sports.ru xabar berdi.
13-noyabr kuni Jahon chempionatiga saralash bosqichida Portugaliya Irlandiya mehmoni bo‘ldi. Mezbonlar futbolchisi Perrot uchrashuvning 17 va 45-daqiqasida darvozani ikki marta ishg‘ol qildi. Hisobda ortda borayotgan Ronaldu jarima maydoni ichida raqib futbolchisiga tirsak bilan zarba bergani uchun sariq kartochka oldi.
Peterburgda migrantlar taksida ishlash taqiqini uzaytirish rejalashtirilmoqda

Sankt-Peterburg rahbariyati patent asosida ishlayotgan migrantlarning taksi xizmatlari va kuryerlik sohasida mehnat faoliyatini amalga oshirishiga qo‘yilgan cheklovni 2026-yil oxirigacha uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu bo‘yicha gubernator Aleksandr Beglovning qaror loyihasi 13-noyabr kuni korrupsiyaga qarshi ekspertizaga yuborildi, deya xabar bermoqda RBK.
Qasim-Jomart Toqayev Toshkentda qanday kutib olindi — foto, video
Toshkentda Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevni rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mehmon sharafiga O‘zbekiston va Qozog‘iston bayroqlari ko‘tarilgan. Faxriy qorovul saf tortib, harbiy orkestr ikkala davlat madhiyasini ijro etdi.