Qozog‘iston prezidentining maslahatchisi O‘zbekistonga elchi etib tayinlanishi mumkin

eʼlon qilindi
Hozirda uning nomzodi diplomatik lavozimga ko‘rib chiqilmoqda
Qozog‘iston prezidentining maslahatchisi O‘zbekistonga elchi etib tayinlanishi mumkin
Qozog‘iston prezidentining maslahatchisi O‘zbekistonga elchi etib tayinlanishi mumkin / Foto: akorda.kz

Qozog‘iston prezidenti maslahatchisi Magzum Mirzagaliyev O‘zbekistondagi yangi elchi etib tayinlanishi mumkin. Bu haqda neft-gaz sohasi eksperti, Energy monitor asoschisi Nurlan Jumag‘ulov o‘z sahifasida ma’lum qildi.

Mirzagaliyev 1978-yilda Olmaotada tug‘ilgan. U «QazMunayGaz»da ishlagan, energetika vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan, shuningdek, ekologiya va energetika vazirligini boshqargan.

2022-yildan buyon u bir necha bor prezident maslahatchisi lavozimini egallagan. Hozirda uning nomzodi diplomatik lavozimga ko‘rib chiqilmoqda.

Avvalroq Yaponiya va Dominikanning O‘zbekistondagi yangi elchilari tayinlangani xabar qilingandi. Unga ko‘ra, Yaponiya elchisi Kenji Hirata hamda Dominikan respublikasining elchisi Alexandro Arias Sarsuela O‘zbekistonda o‘z diplomatik faoliyatlarini boshladi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ulardan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib olganini ma’lum qildi.

Shuningdek