
Qatarda davom etayotgan U-17 Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi muhim g‘alabaga erishdi. O‘smirlarimiz Xorvatiya yoshlarini mag‘lub etib, musobaqadagi yurishini davom ettiradigan bo‘ldi.
Uchrashuvning 24-daqiqasida o‘ng qanotdan Sayfiddin Sodiqov uzatgan to‘pni Sadriddin Hasanov bosh bilan darvozaga yo‘naltirilib, hisob ochildi. Ikkichi taymning 80-daqiqasida Xorvatiya muvozanatni tikladi. Bahs taqdirini penaltilar seriyasi hal qildi.
Islom Ismoilov boshchiligidagi jamoa endi Chexiyani mag‘lub etgan Italiya termasi bilan to‘qnash keladi. Kuchli raqibga qarshi bahs O‘zbekistonning turnirdagi navbatdagi sinovi bo‘ladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan U-17 Jahon chempionatida O‘zbekiston Panamani yirik hisobda mag‘lub etgani haqida xabar bergan edi.