Tim Kuk 2026-yilda Apple bosh direktori lavozimidan ketishi mumkin — OAV

eʼlon qilindi
U 2011-yildan beri bu lavozimda ishlab keladi
Tim Kuk 2026-yilda Apple bosh direktori lavozimidan ketishi mumkin / Foto: Getty Images

Apple bosh direktori Tim Kuk 2026-yilda kompaniya boshqaruvidan ketishi mumkin. Bu haqda Financial Times ma’lum qildi.

Nashrning ta’kidlashicha, uning o‘rniga asosiy nomzod sifatida apparat ishlab chiqish bo‘yicha katta vitse-prezident Jon Ternus ko‘rilmoqda. Yakuniy qaror hali qabul qilinmagan. Yangi Apple boshlig‘i nomi ehtimoliy yanvar oyidagi moliyaviy hisobotdan so‘ng e’lon qilinadi.

Yil boshida rahbar almashinuvi kelajakdagi CEO’ga korporativ kalendar bo‘yicha ikki muhim bosqich – iyun oyidagi dasturchilar konferensiyasi va sentyabr oyidagi yangi iPhone taqdimotiga tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi.

Apple ichida ham boshqaruv tarkibi yangilanmoqda: moliya direktori Luka Maestri yil boshida, operatsion direktor Jeff Uilyams esa yozda lavozimidan ketdi.

Ma’lumot uchun, Tim Kuk hozir 65 yoshda. U 2011-yilda Stiv Jobs o‘rnini egallagan bo‘lib, shundan beri Apple’ni boshqarib keladi. Uning boshqaruvi davrida kompaniya bozor qiymati $350 mlrd.dan $4 trln.gacha oshdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq iPhone’ga shaxsiy SI-shifokor funksiyasi qo‘shilishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek