
Jahon chempionati saralash bosqichining hal qiluvchi bahsida Norvegiya Italiya terma jamoasini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratib, JCh yo‘llanmasini naqd qildi. Bu haqda FIFA xabar berdi.

O‘yinning 11-daqiqasida Espozito Italiyani oldinga olib chiqdi. Ikkinchi taymda skandinaviyaliklar Hollandning dubli, Nusa va Larsenning gollari bilan javob berdi. Yakuniy hisob 1:4. Italiya guruhda 2-o‘rinni egallab, o‘tish o‘yinlarida ishtirok etadi.

Norvegiya saralashdagi barcha 8 ta o‘yinda ham g‘alaba qozonib, 100 foizlik natija qayd etdi. «Vikinglar» raqiblar darvozasiga 37 ta gol kiritib, o‘z darvozasidan bor yo‘g‘i 5 ta gol o‘tkazib yubordi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Kabo-Verde ilk marta Jahon chempionatiga yo‘llanma olgani haqida xabar bergan edi.