AQSh Venesuela kartelini terroristik tashkilotlar ro‘yxatiga kiritadi

eʼlon qilindi
Qaror 24-noyabr kuni kuchga kiradi
Foto: pravda.com

AQSh Davlat departamenti «Kartel de los Soles» guruhini xorijiy terroristik tashkilotlar ro‘yxatiga kiritishini ma’lum qildi. Bu haqda CNN nashri xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, guruhga Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va bir qator yuqori martabali amaldorlar rahbarlik qiladi. AQSh Davlat departamenti bayonotiga ko‘ra, «Kartel de los Soles», «Tren de Aragua» va «Sinaloa» kartellari butun qit’a bo‘ylab terroristik harakatlar hamda AQSh va Yevropaga noqonuniy narkotrafik uchun javobgar.

Foto: Al Jazeera

So‘nggi haftalarda AQSh Karib dengizi mintaqasida harbiy ishtirokini kengaytirgan. Kartelning terroristik tashkilot sifatida tan olinishi AQSh kuchlariga Venesueladagi Maduro aktivlariga zarba berish imkonini yaratadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Venesuelada harbiy safarbarlik e’lon qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek