
OnePlus kompaniyasi ushbu oy oxirida Xitoy bozorida yangi OnePlus Ace 6T smartfonini taqdim etishini rasman tasdiqladi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.
Qurilma hali chiqmagan Snapdragon 8 Gen 5 chipi bilan jihozlanadi. Brend ma’lumotiga ko‘ra, model yuqori unumdorlik va uzoq batareya ishlashini taklif etadi. U 165 fps darajadagi o‘yinlarni bemalol ko‘tara oladi.
OnePlus Xitoy prezidenti Li Chje’ning aytishicha, Ace 6T – dunyoda Snapdragon 8 Gen 5 bilan chiqadigan birinchi smartfon bo‘ladi. Chip OnePlus bilan hamkorlikda yaratilgan. Unda 165 Hz o‘yin jarayonini barqaror ushlab turuvchi yangi o‘yin yadro tizimi mavjud.
Yangi chip 3 nm TSMC jarayonida ishlab chiqarilgan Oryon CPU yadrolariga ega bo‘ladi. U ikki yirik va olti samarali yadrodan iborat klasterga joylashadi. Grafik ishlanmalar uchun esa Adreno 840 GPU qo‘llanadi.
Li Chje Ace 6T modeli 165 Hz o‘yinlarni bemalol bajara olishi, kutganlardan ham uzoq batareya muddati taqdim etishi va to‘liq flagman tajribasini berishini ta’kidladi. Uning fikricha, modeldagi «T» harfi OnePlus’ning yillar davomida o‘zgarmagan unumdorlik ruhini anglatadi.



Kutilayotgan texnik xususiyatlar
Yangi smartfon 6,7 dyuymli OLED displey, 1.5K o‘lcham va 165 Gts yangilanish tezligiga ega bo‘ladi. Qurilmaga 8 000 mA/soat sig‘imli katta batareya o‘rnatiladi, u 100 Vt tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Model Android 16 asosidagi ColorOS 16 bilan ishlaydi.
Kameralar qismida 32 MP old kamera, orqa panelda esa 50 MP + 8 MP ikki kamerali tizim bo‘lishi kutilmoqda. Qurilma 16 GB gacha LPDDR5x Ultra RAM va 1 TB gacha UFS 4.1 xotira variantlari bilan taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri OnePlus Tablet 2 plansheti taqdim etilgani haqida yozgan edi.