Huawei Aito M8 Xitoy bozorida 200 kunda 120 ming dona sotildi

17-noyabr 2025 11:42 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Huawei
Foto: Huawei

Huawei kompaniyasi Aito M8 avtomobili 200 kun ichida 120 ming dona sotilganini ma’lum qildi. Model to‘liq elektr va gibrid ko‘rinishda taklif etilmoqda.

Aito M8 5 yoki 6 o‘rinli konfiguratsiyada chiqariladi. Salonida nappa charm, zamsha va yog‘och panellar qo‘llangan. Avtomobil «nol gravitatsiya» kreslolari bilan jihozlanadi, haydovchi o‘rindig‘i esa oyoq tayanchi bilan to‘ldirilgan.

Gibrid versiya 1.5 litrli turbomotor va umumiy quvvati 533 ot kuchiga teng elektr motorlariga ega. Batareya sig‘imi 37 yoki 53,4 kVt/soat bo‘lib, faqat elektrda 201 yoki 310 km (CLTC), umumiy yurish masofasi esa 1405 yoki 1526 km.ni tashkil qiladi.

To‘liq elektr versiya Huawei ishlab chiqqan 308 yoki 526 ot kuchiga ega kuch qurilmasi bilan jihozlanadi. 100 kVt/soatli batareya zaryadi orqa g‘ildirakdan tortuvchi versiyada 705 km., to‘liq yetakli modifikatsiyada 655 km. masofani ta’minlaydi. Modelning maksimal tezligi 200 km/soat.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Huawei Stelato S9 avtomobili oldindan buyurtmaga chiqqani haqida yozgan edi.

Shuningdek