Mirziyoyev va Berdimuhamedov Xivada uchinchi Hududlar forumini o‘tkazishga kelishib oldi

eʼlon qilindi
O‘tgan yili davlatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi $1 milliarddan oshgan
Mirziyoyev va Berdimuhamedov Xivada uchinchi Hududlar forumini o‘tkazishga kelishib oldi
Mirziyoyev va Berdimuhamedov Xivada uchinchi Hududlar forumini o‘tkazishga kelishib oldi / Foto: prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov Xiva shahrida uchinchi Hududlar forumini o‘tkazishga kelishib oldi. Bu haqda davlat rahbarlarining 17-noyabr kuni Ko‘ksaroyda o‘tkazilgan tor doiradagi muzokaralarida ma’lum qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda tomonlar savdo, energetika, transport, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi va suv xo‘jaligi sohalarida samarali kooperatsiyani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdi.

Video: prezident matbuot xizmati

O‘tgan yili davlatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi $1 milliarddan oshgan. Shu bilan birga, yuk tashish hajmi ham ortib bormoqda, xususan, Turkmanboshi porti orqali tashishlar faollashgan.

Muzokaralar yakunida hududlararo aloqalarni kuchaytirish muhimligi ta’kidlanib, Xiva shahrida uchinchi Hududlar forumini o‘tkazishga qaror qilindi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning to‘qqiz oyida O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi savdo aylanmasi $750 millionni tashkil etdi. Bunda O‘zbekiston Turkmanistonga $111 millionlik tovar eksport qilib, $639 millionlik mahsulot import qilgan.

Avvalroq Toshkentda Mirziyoyev raisligida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tgani xabar qilingandi. Tadbirda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev hamda BMTning Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun preventiv diplomatiya markazi rahbari Kaxa Imnadze ishtirok etdi.

Shuningdek