
Riyodda davom etayotgan VI Islom birdamligi o‘yinlarida 17-noyabr kuni o‘tkazilgan bahslarda O‘zbekiston delegatsiyasi navbatdagi medallarni qo‘lga kiritdi. Bu haqda MOQ xabar bermoqda.
Balandlikka sakrash va bosqon uloqtirish bo‘yicha o‘ytkazilgan bellashuvlarda sportchilarimiz oltin, kumush va ikki bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.

Balandlikka sakrash bahslarida Barnoxon Sayfullayeva 1,84 metr natija bilan Islom o‘yinlarining yangi chempioni bo‘ladi. Uning jamoadoshi Valeriya Gorbatova esa 1,81 metrni zabt etib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Bosqon uloqtirish bahslarida esa erkaklar terma jamoamiz ikkita medal bilan taqdirlandi. Suhrob Xodjayev 74,44 metr natija ko‘rsatib kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Ayubxon Fayozov 74,12 metr bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Lazizbek Mullajonov antidoping qoidalarini buzganligi uchun uch yilga diskvalifikatsiya qilingani haqida xabar bergan edi.