Apple iPhone uchun sensorli g‘iloflar ishlab chiqaradi

eʼlon qilindi
Bu texnologiyani, ayniqsa, iPhone Pro modellari uchun rivojlantirilmoqda
Apple iPhone uchun sensorli g‘iloflar ishlab chiqaradi / Foto: MacRumors

Apple iPhone’lar uchun yangi turdagi sensorli g‘iloflar ustida ishlamoqda. Bu haqda Weibo nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mazkur g‘iloflar nafaqat himoya vazifasini bajaradi, balki qo‘shimcha boshqaruv imkoniyatlarini ham taqdim etadi.

Patentlarda g‘ilof ichiga o‘rnatilgan sensor zonalar tasvirlangan bo‘lib, ular jismoniy tugmalar o‘rniga ishlashi, bosish yoki surish orqali tizim funksiyalarini faollashtirishi mumkin. G‘ilof ayrim hujjatlarda stilus bilan yozish yoki chizish mumkin bo‘lgan maxsus sensorli maydon sifatida ham qo‘llaniladi.

Insayder Instant Digital’ning ma’lumotiga ko‘ra, Apple bu texnologiyani ayniqsa iPhone Pro modellari uchun rivojlantirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq iPhone’ga shaxsiy SI-shifokor funksiyasi qo‘shilgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek