Endi tadbirkorlar soliq cheklarini tahrirlashi mumkin
eʼlon qilindi
20-noyabrdan 10-dekabrga qadar

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarga xatolarni tuzatish uchun cheklarni tahrirlash imkonini berdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.
Endilikda «Soliqchi-ko‘makchi» tamoyili asosida 2025-yilda chop etilgan onlayn-NKT va elektron chek summalarini 20-noyabrdan 10-dekabrgacha tahrirlash mumkin bo‘ladi.
Hozirda texnik imkoniyatlar yaratilmoqda, tadbirkorlarga esa tayyorgarlik choralarini ko‘rish tavsiya etiladi. To‘liq qo‘llanma qo‘mita tomonidan keyinroq e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq daromad solig‘i bo‘yicha beriladigan imtiyozdan qanday foydalanish haqida yozgan edik.