Emirates samolyotlarida Starlink bepul internetini yo‘lga qo‘yadi

eʼlon qilindi
2027-yil o‘rtalariga qadar to‘liq yangilanadi
Foto: Emirates Airlines

Emirates aviakompaniyasi o‘z parkidagi samolyotlarga Starlink sun’iy yo‘ldosh internetini o‘rnatishni boshladi. Bu haqda Hi-Tech nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, bu yangilik Dubai Airshow 2025 ko‘rgazmasida xizmat sinovdan o‘tkazildi va internet tezligi 400 Mbit/s dan oshgani ma’lum bo‘ldi.

Aviakompaniya umumiy hisobda 232 ta Boeing 777 va Airbus A380 samolyotini yangi internet bilan jihozlaydi.

  • Birinchi samolyotlar — 2025-yil noyabrida.
  • Barcha park — 2027-yil o‘rtalariga qadar to‘liq yangilanadi.

Boeing 777 samolyotlariga ikki antenna, Airbus A380’ga esa uchta antenna o‘rnatildi.

Internet qanday ishlaydi?

  • Internet bepul bo‘ladi.
  • «Bir bosishda ulanish» tizimi joriy etiladi.
  • Dastlab telefon va planshetlarda, 2025-yil dekabridan esa o‘rindiqlardagi displeylarda Live TV ko‘rish imkoniyati paydo bo‘ladi.
  • Dubai Airshow’da o‘rnatilgan Boeing 777-300ER bortida internet tezligi 400+ Mbit/s ni ko‘rsatdi.

«Starlink bilan hamkorlik — fly better tamoyilining yangi bosqichi. Yo‘lovchilar endi samolyotda ham real vaqt rejimida ishlay oladi, videoqo‘ng‘iroqlar qiloladi va sevimli platformalaridan uzilishsiz foydalanadi», — dedi Emirates prezidenti Tim Klark.

Starlink havo hududidan foydalanish faqat ruxsat berilgan davlatlarda amal qiladi. Jumladan, Rossiyada xizmat bloklangan va xalqaro suvlar ustida esa butun dunyo bo‘ylab ishlaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Emirates aviakompaniyasi kriptovalyuta orqali to‘lov tizimini yo‘lga qo‘yishi haqida yozgandi.

Shuningdek