17 ming dollarlik Jetour Traveller 2026 avtomobili taqdim etildi

18-noyabr 2025 09:21 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chery Jetour
Foto: CarNewsChina

Chery kompaniyasi tomonidan Jetour Traveller 2026 avtomobili taqdim etildi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda.

Modelning narxi $17 mingdan boshlanadi. Traveller dizayni o‘zining kvadrat shaklini saqlab qolgan. Old panjaraga kichik o‘zgarish berilgan. Har bir bo‘limda Jetour yozuvi bittadan harf bilan aks ettirilgan. G‘ildirak o‘lchamlari 18, 19 va 20 dyuymgacha kengaygan. C-DM versiyasi vertikal orqa chiroqlar va yon tomonga ochiladigan eshik bilan ajralib turadi. Orqa tomonda tashqi ehtiyot g‘ildirak joylashgan.

Foto: CarNewsChina

Oddiy Traveller uchun ikkita benzinda ishlovchi dvigatel taklif etiladi. 1.5 T 135 kVt quvvat beradi. 2.0 T esa 187 kVt quvvatga ega. Uzatmalar qutisi 7 pog‘onali nam mufta DCT yoki yuqori versiyada 8 pog‘onali avtomat bilan birga keladi.

Foto: CarNewsChina
Foto: CarNewsChina

Traveller C-DM gibridida 1.5 T benzin dvigateli va elektromotorlar bor. Bazaviy gibridda ikki motor bo‘lib, umumiy quvvat 165 kVt. Yuqori darajadagi versiyada esa uch motor qo‘llaniladi. Umumiy quvvat 340 kVt va 700 N·m momentga yetadi. Barcha C-DM modellari 3 pog‘onali DHT uzatma bilan jihozlangan. Ayrim versiyalarda aqlli to‘liq yurituvchiga ega XWD tizimi o‘rnatiladi.

Narxi:

EV masofa (CLTC)TrimGuide Price (USD)Limited-Time Price (USD)
129 kmExplore$22,500$21,510
129 kmDiscovery$23,880$22,920
212 kmTraverse$26,010$24,990
211 km XWDConquer$27,430$26,400
212 kmHuawei Qian-Kun ADAS$29,510$28,140
211 km XWDHuawei Qian-Kun ADAS$30,930$29,510

Gibrid modellar akkumulyatori 27,2 kVt/soatdan 43,24 kVt/soatgacha. 27,2 kVt/soatli versiya 129 km elektr masofasini beradi. Katta akkumulyator esa 211-212 km masofani ta’minlaydi. Huawei ADS 4 avtonom haydash tizimi bilan jihozlangan maxsus versiya ham taqdim etildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Chery Jetour Shanhai T1AWD avtomobili taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek