O‘zbekiston va Afg‘oniston elektr energiya yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi

O‘zbekiston Energetika vazirligi va Afg‘onistonning DABS kompaniyasi o‘rtasida elektr energiya yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda vazir Jo‘rabek Mirzamahmudov Afg‘onistonning DABS kompaniyasi bosh direktori Abdul Bori Umar boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Tomonlar suhbat chog‘ida sentabr oyida Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasidagi nutqi hamda kuni kecha Toshkentda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvidagi chiqishlarida bildirilgan tashabbuslar ikki davlat o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlab borayotganini alohida qayd etgan.
Shuningdek, uchrashuvda Afg‘oniston hududida qurilayotgan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalarining joriy holati ko‘rib chiqilgan. Bu loyihalarni jadallashtirish, texnik jarayonlarni muvofiqlashtirish va elektr tarmoqlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash masalalari muhokama qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan qishda vodiydagi metan «zapravka»larga gaz ko‘chma konteynerlarda yetkazib berilgani haqida yozgan edi.