O‘zbekistonga sayyohlar kelishi bo‘yicha Rossiya yetakchi bo‘ldi

2025 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonga jami qariyb 1,4 mln nafar chet ellik turist tashrif buyurdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p turistlar Rossiyadan tashrif buyurgan — 270 ming kishi. Shuningdek, fuqarolari eng ko‘p tashrif buyurgan davlatlar ichida Turkmaniston — 194 ming, Qozog‘iston — 144 ming, Xitoy — 118 ming va Qirg‘iziston — 114 ming nafar sayyoh bilan yetakchi bo‘lgan.
Shu bilan birga, Hindistondan — 32 ming, Germaniyadan — 30 ming, Koreyadan — 27 ming, AQShdan — 24 ming sayyoh kelgan. Yana boshqa davlatlardan esa jami 256 ming turist O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga turistlar oqimi ikki barobarga o‘sgani haqida xabar bergan edik.