Oston O‘runov «Yuventus»ga o‘tishi mumkin

18-noyabr 2025 15:35 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: O‘FA

O‘zbekiston terma jamoasi va Eronning «Persepolis» klubi yarimhimoyachisi Oston O‘runovga Italiya grandlaridan biri «Yuventus» jiddiy qiziqish bildirdi. Bu haqda mahalliy va xorijiy nashrlar xabar bermoqda.

Sports.uz ma’lumotiga ko‘ra, «Yuventus» sport direktori Marko Ottolini O‘runov masalasini O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro bilan muhokama qilgan. 25 yoshli futbolchi hozirda Tehronning «Persepolis» klubida faoliyat yuritmoqda.

Foto: sports.uz

«Al Ain International Cup» xalqaro o‘rtoqlik turnirida O‘zbekiston terma jamoasi Misrni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Har ikki golga Oston O‘runov mualliflik qildi. Futbolchining aynan shu uchrashuvdagi samarali o‘yini Turin klubining e’tiborini tortgani aytilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ashurmatov Eron chempionatining 9-tur ramziy terma jamoasidan joy olgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek