U-23 o‘rtoqlik turniri: O‘zbekiston Xitoy bilan durang o‘ynadi

18-noyabr 2025 18:32 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: O‘FA

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi o‘rtoqlik musobaqasida Xitoylik tengqurlari bilan nursiz durang qayd etdi. Uchrashuv 0:0 hisobida durang bilan yakunlandi.

Ravshan Haydarov shogirdlari 2026-yil Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. O‘zbekiston termasi C guruhida Janubiy Koreya, Eron va Livan bilan joy oldi.

Foto: O‘FA

Osiyo kubogi saralash bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi Falastin ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongan. Ungacha Shri-Lanka ustidan 4:0 hisobida yirik g‘alaba qayd etilgan, Qirg‘iziston bilan esa 2:2 durang natija qayd etilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Urugvay O‘zbekiston ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek