Toshkentdagi bozorlarda tasvirga olish uchun soatiga 5 million so‘m yig‘im joriy etildi

Toshkent shahri hokimi tomonidan tasdiqlangan yangi tartibga ko‘ra, poytaxtdagi bozor va savdo majmualarida reklama yoki tijoriy maqsadlarda foto va video suratga olish pullik bo‘ladi. Mazkur qaror 18-noyabrdan boshlab kuchga kirgan.
Rasmiy hujjatga muvofiq, reklama roliklari, kliplar yoki istalgan tijoriy kontent tayyorlash uchun olib boriladigan foto/video suratga olish ishlari soatiga 5 mln so‘m qilib belgilangan.
Xorijiy turistlar va OAV vakillari ushbu to‘lovdan istisno qilingan. Ular uchun suratga olish bepul bo‘lib qoladi.

Yangi tartib bozorlar va savdo majmualarining yangilangan tariflariga kiritilgan bo‘lib, unda inventar ijarasi, xizmatlar va avtoturargoh narxlari bo‘yicha ham o‘zgarishlar aks etgan.
Shuningdek, bozorlar hududida avtomobillarni vaqtincha saqlash uchun ham narxlar belgilangan. Unga ko‘ra, yengil avtomobillar vaqtincha saqlash naxri 5000 so‘mdan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Toshkentda avtomobilning gaz quvuriga urilishi ortidan yuzlab uylar gazsiz qolgani haqida yozgan edi.