O‘zbekiston Airbus’dan yangi Flexrotor uchuvchisiz tizimlarini xarid qiladi

eʼlon qilindi
Flexrotor dronlari razvedka, kuzatuv, maqsadni aniqlash va axborot yig‘ish kabi vazifalar uchun mo‘ljallangan
Airbus Helicopters kompaniyasining Airbus Flexrotor tizimi / Foto: Airbus

Airbus Helicopters kompaniyasi O‘zbekistonning harbiy va ikkiyoqlama texnikalarni import qilish bilan shug‘ullanuvchi davlat korxonasi bilan Flexrotor tizimlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida xabar berdi.

Hozircha nechta dron sotib olinayotgani oshkor qilinmagan. Airbus Helicopters kompaniyasining ijrochi vitse-prezidenti Olive Mikalonning aytishicha, O‘zbekiston ushbu texnologiyani tanlagan birinchi Markaziy Osiyo davlati bo‘ldi. Flexrotor dronlari razvedka, kuzatuv, maqsadni aniqlash va axborot yig‘ish kabi vazifalar uchun mo‘ljallangan.

Airbus Flexrotor / Foto: Airbus

Xabarga ko‘ra, O‘zbekiston ushbu tizimlardan uchuvchi vertolyotlar bilan birgalikda ishlaydigan zamonaviy crewed-uncrewed teaming operatsiyalarida foydalanishni rejalashtirmoqda.

Flexrotor 25 kilogramm og‘irlikka ega bo‘lib, 12–14 soatgacha parvoz qila oladi va turli sensorlar bilan jihozlanadi. Dron yerda yoki dengizda 3,7×3,7 metr maydondan mustaqil ravishda uchib-qo‘nishi mumkin. Bu esa uni kichik hududlarda ham samarali qo‘llash imkonini beradi.

Avvalroq Uzbekistan Airways Xitoydan yangi Airbus A321neo samolyotlarini xarid qilishi haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, kompaniya Xitoyning CALC (China Aircraft Leasing Group) lizing kompaniyasi bilan to‘rtta yangi Airbus A321neo samolyotini yetkazib berish bo‘yicha dastlabki kelishuvni imzoladi.

Shuningdek