O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasi bo‘yicha shartnoma ratifikatsiya qilindi

eʼlon qilindi
Mazkur shartnoma 2025-yil 31-martda Xo‘jand shahrida imzolangan
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasi bo‘yicha shartnoma ratifikatsiya qilindi
Davlat chegaralari bo‘yicha shartnoma ratifikatsiya qilindi/ Foto: ijtimoiy tarmoq

Prezident tomonidan imzolangan qonunga ko‘ra, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlat chegaralari bo‘yicha shartnoma ratifikatsiya qilindi.

Mazkur uch davlat chegarasi tutashgan nuqta bo‘yicha shartnoma 2025-yil 31-martda Xo‘jand shahrida imzolangan.

Avvalroq bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ham muhokama bo‘lgandi. Unga ko‘ra, uch davlat chegaralari tutashgan nuqtaning joylashuvi hamda bu nuqtadagi chegaralar chizig‘ining o‘tish tartibi aniq belgilandi.

Shartnoma uch qardosh mamlakatlar o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, bu kelishuv butun Markaziy Osiyo mintaqasining xalqaro nufuzini oshiradi. Chegaraoldi hududlarda savdo va iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirib, infratuzilma loyihalarini amalga oshirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish uchun mustahkam huquqiy asos bo‘ladi.

Shuningdek