
Kursiv Uzbekistan beysbolga qiziqadiganlar uchun uchun maxsus, haqiqiy voqealarga asoslangan «Moneyball» filmini tavsiya qiladi.
Asar markazida Oakland Athletics jamoasining bosh menejeri Billi Binning hikoyasi turadi. Cheklangan budjet, kuchli raqobat va jamoasining yetakchi o‘yinchilari ketib qolgan vaziyatda Bill g‘alabaga eltadigan mutlaqo yangi usul topishga urinadi.
So‘ngra u Klivlendga biznes safari chog‘ida Yel universitetining yosh bitiruvchisi, iqtisodchi Piter Brend bilan uchrashadi. U matematik hisob-kitoblar yordamida o‘yinchilarning shaxsiy statistik ko‘rsatkichlariga asoslangan innovatsion sxemani joriy etishni taklif qiladi.
Mazkur filmga Bennet Miller rejissyorlik qilgan, ssenariyni esa Aaron Sorkin va Stiven Zaillian yozgan. Asosiy rolda Billi Binni Bred Pitt ijro etadi va u filmga chuqur xarizma hamda dramatik kuch bag‘ishlaydi. Uning yordamchisi — yosh statistikachi Piter Brend rolida Jona Hill ishtirok etadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Deep cover» filmi haqida ma’lumot bergandi.