O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 4,9 foizga tushdi

eʼlon qilindi
Yil yakunida kambag‘allik darajasi olti foizgacha tushishi kutilmoqda
O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 4,9 foizga tushdi
O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 4,9 foizga tushdi / Rasm: SI

O‘zbekistonda 2025-yil boshidan beri ishsizlik darajasi 4,9 foizga tushdi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, ayrim shaharlar ilk bor «tabiiy ishsizlik» darajasiga yaqinlashdi. Shu bilan birga, 302 ming oila kambag‘allikdan chiqdi.

Yil yakunida kambag‘allik darajasi olti foizgacha tushishi kutilmoqda. Xovos, Mirzaobod, Oqoltin, Do‘stlik, Paxtakor, Forish, Bo‘ston, Vobkent, Mirishkor, Mingbuloq, Uzun va Piskent tumanlarida kambag‘al oilalar soni 4,5 barobargacha kamaygan.

Shuningdek, yil boshida og‘ir ahvolda bo‘lgan 105 ming oila daromad olishni boshlagan va ularning o‘rtacha daromadi ikki barobarga oshgan. Bundan tashqari, joriy yilda ilk bor 1,4 ming mahalla «kambag‘allikdan xoli» hududga aylangani ta’kidlandi.

Avvalroq O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi va ijtimoiy himoya tizimi bo‘yicha yangi qoidalar joriy etilgani haqida xabar qilingandi. Unga ko‘ra, so‘nggi 5 yil ichida kamida 18 oy ishlagan shaxslar, shartnoma bekor qilingandan keyin 6 oy ichida murojaat qilsa, ularga oxirgi 18 oylik o‘rtacha ish haqi hisobidan 3 oy davomida nafaqa beriladi. 

Shuningdek