Gamburg sudi Usmanov va singlisiga qo‘yilgan ayblovlarni asossiz deb topdi

Gamburg ma’muriy-hududiy sudi rossiyalik tadbirkor Alisher Usmanov foydasiga qaror chiqardi, u Germaniya fuqarosi bilan bo‘lgan ishda g‘alaba qozondi. Bu haqda TASS nashri ma’lum qildi.
Sud Facebook’da Usmanovning singlisi Saodat Narziyevaga mablag‘ yashirishda ayblagan Germaniya fuqarosining da’vosini noqonuniy deb topdi. Sud bunday bayonotlarni tarqatishni taqiqladi, qoidani buzganlarga 250 ming yevrogacha jarima yoki ma’muriy qamoq jazosi belgilanishi mumkin.
Usmanovning advokatlari ta’kidlashicha, Usmanov va qarindoshlari qarshi qo‘yilgan sanksiyalarni asoslovchi da’volar faktlar bilan tasdiqlanmagan. Yevropa Ittifoqi Narziyevani sanksiya ro‘yxatidan chiqarib, uni ro‘yxatga noo‘rin kiritilganini tan olgan.
2023 – 2025-yillar oralig‘ida o‘nlab Yevropa OAVi va jamoat arboblari Usmanov va uning qarindoshlari haqidagi da’volarining haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini tan oldi va ularni tarqatishni to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
Usmanovning advokatlari dunyo bo‘ylab media-resurslardan 15 sud qarori va 86 ogohlantirish xatini oldi, natijada yuzlab maqolalar o‘chirildi va minglab nashrlarda tuzatishlar kiritildi. Avvalroq Usmanov Forbes, Tagesspiegel, Kurier va boshqa yirik OAVga qarshi sudlarda ham g‘alaba qozongan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq milliarder Alisher Usmonovning boyligi 2025-yil boshidan buyon $3,9 mlrdga oshgani haqida yozgan edik.