Honor Magic 8 Mini yangi flagmani xususiyatlari ma’lum qilindi

20-noyabr 2025 09:57 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Honor Magic 8 Mini yangi flagmani xususiyatlari ma’lum qilindi / Foto: Honor

Honor Magic 8 Mini flagman smartfon ustida ishlamoqda. Bu haqda Digital Chat Station insayderi ma’lum qildi.

Insayderga ko‘ra, pre-seriyali namuna allaqachon mavjud bo‘lib, qalinligi 5-6 mmni tashkil qiladi. Bu uni Samsung Galaxy S25 Edge va iPhone Air kabi ultra ingichka flagmanlarga yaqinlashtiradi.

Smartfonga 6,31 dyuymli ekran, yangi 200-megapikselli modul (yoki 50-megapikselli 1/1,5 dyuym sensor) va teleobyektiv beriladi. Qurilmaning apparat platformasi MediaTek Dimensity 9500 SoC asosida ishlaydi, 5500 mA·soat batareya sig‘imiga ega. Agar seriyali versiya prototip bilan mos kelsa, Honor Magic 8 Mini Samsung Galaxy S25 Edge’ga jiddiy raqobat bo‘la olishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Honor 500 Super Pro Edition, Honor 500 Super Standard Edition va Honor Watch X5 modellari 24-noyabrda taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Honor Magic 8 ilk bor namoyish etilgan edi.

Shuningdek