O‘zbekistonda davlat korxonalari boshqaruv tizimi qisqartiriladi

eʼlon qilindi
10 foizgacha kamaytiriladi
Eksklyuziv huquq
Foto: Pexels.com

O‘zbekistonda davlat korxonalarida boshqaruv xodimlari soni 10 foizgacha kamaytiriladi. Bu bo‘yicha prezident farmoyishida keltirilgan.

Unga ko‘ra, davlat korxonalaridagi xarajatlarni qisqartirish va faoliyat samaradorligini oshirishni muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi tuziladi. Komissiya ikki oy ichida boshqaruv xodimlari sonini 10 foizgacha qisqartirish bo‘yicha aniq takliflarni prezident administratsiyasiga taqdim etishi lozim.

Shuningdek, davlat korxonalari keng iste’mol tovarlari bo‘yicha ehtiyojlarni qondirish uchun birgalikda xarid tizimini yo‘lga qo‘yadi. Zarur holatlarda ekspertlar va maxsus xarid tashkilotlari jalb etilishi mumkin.

Farmoyishda davlat korxonalarining prezident tomonidan berilgan topshiriqlardan tashqari holatlarda homiylik faoliyatini to‘xtatishi ham belgilandi.

Shuningdek, Hisob palatasiga «UzAssets» AJ bilan hamkorlikda strategik davlat korxonalari tomonidan 2026-yil uchun ishlab chiqilgan biznes-rejalarni tanqidiy tahlil qilish va ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish vazifasi topshirildi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda xodimlar barqarorlikni afzal ko‘rishi haqida yozgandi.

Shuningdek