Sherzod Kudbiyev Soliq qo‘mitasidan ketdi

eʼlon qilindi
Farrux Jaxongirovich Pulatov Soliq qo‘mitasi raisi etib tayinlandi
Foto: Kun.uz

Shavkat Mirziyoyev farmoniga ko‘ra, Sherzod Davlyatovich Kudbiyev O‘zbekiston Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u Soliq qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi.

Farrux Jaxongirovich Pulatov Soliq qo‘mitasi raisi etib tayinlandi. U bungacha Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligini boshqarib kelayotgan edi va ushbu lavozimdan ozod qilindi.

Ma’lumot uchun, Kudbiyev 1981-yil 12-aprel kuni Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 2003-yilda Farg‘ona politexnika institutini tugatgan. O‘zining mehnat faoliyatini 2003-yildan Mehnat vazirligining turli lavozimlarda boshlagan.

O‘zbekiston prezidentining qarori bilan 2023-yilning 3-avgust kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Aziz Abduhakimov prezident maslahatchisi bo‘lgani haqida yozgandi.

Shuningdek