Yil boshidan beri mikromoliya tashkilotlari va lombardlar ikki baravar ko‘p kredit ajratgan

eʼlon qilindi
Sektordagi jami aktivlar 1-oktabr holatiga 10,6 trillion so‘mga yetdi
Foto: Kursiv Uzbekistan

2025-yilning uchinchi choragi yakunida mikromoliya tashkilotlari va lombardlarning faoliyati sezilarli kengaydi. Aktivlar, kreditlash hajmi va kapital o‘sdi, biroq bozorda yuqori foiz stavkalari va muamмoli kreditlar xavfi ham kuchaygan. Bu haqda Markaziy bankning sharhi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, sektordagi jami aktivlar 2025-yil 1-oktabr holatiga 10,6 trillion so‘mga yetdi – o‘tgan yilga nisbatan 1,5 baravarga oshish qayd etildi. Bu o‘sishning 93 foizi (9,8 trln so‘m) kredit qo‘yilmalar hisobidan yuzaga keldi.

Yil boshidan sentabrgacha mikromoliyaviy tashkilotlar va lombardlar jami 21,3 trillion so‘m miqdorida kredit ajratgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ikki barobardan ortiq.

Kreditlashning 90 foizi, ya’ni 19,2 trln so‘mi jismoniy shaxslar hisobiga to‘g‘ri keladi, tadbirkorlarga ajratilgan kreditlar esa tez sur’atda oshib, 1,2 trln so‘mni tashkil etdi.

Shuningdek, tarmoqqa kiritilgan kapital 1,4 barobarga ko‘payib, umumiy kapital 3,5 trillion so‘mga yetdi. Bunda mikromoliyaviy tashkilotlar kapitali 3 trillion so‘mga yetgani qayd etilgan.

Shu bilan birga, uchinchi chorakda 26 ta yangi mikrofirma va lombard ochilib, tarmoq jami 218 ta tashkilotgacha kengaydi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda birinchi mikromoliya banki ochilgani haqida yozgandi.

Shuningdek