Andijondagi xonadonda narkolaboratoriya fosh etildi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Andijondagi xonadonda narkolaboratoriya fosh etildi / Foto: DXX

Andijon shahrida huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir chog‘ida 1987-yilda tug‘ilgan shaxsning yashash xonadonida tashkil qilingan maxfiy narkolaboratoriya aniqlandi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tekshiruv vaqtida uning uyidan «gashish», kristall ko‘rinishdagi sintetik moddalar, kuchli ta’sir qiluvchi «Tropikamid» dorilari, xom-ashyo, maxsus idishlar, zip-paketlar, to‘rt dona telefon va bir dona noutbuk dalil sifatida olib qo‘yildi.

Noutbukda mijozlarga giyohvand moddalarni yetkazish va joylash uchun mo‘ljallangan uchta Telegram-bot, shuningdek, uy sharoitida narkotik tayyorlashga oid qo‘llanmalar borligi ma’lum bo‘ldi.

Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi qamoqqa olingan. Hozirda uning ehtimoliy sheriklarini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda attestatsiya imtihonlarida noqonuniy «bunker» fosh etgan edi.

Shuningdek