Navoiy, Xorazm va poytaxtda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi

eʼlon qilindi
Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi
Navoiy, Xorazm va poytaxtda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi / Foto: Bosh prokuratura departamenti

Navoiy, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida kuchli ta’sir qiluvchi moddalarga ega dori vositalarning noqonuniy savdosi ustida bir necha shaxslar qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Zarafshon shahrida bir fuqaro to‘rt quti «Reduksin Layt» dorisini 2,4 mln so‘mga sotayotgan vaqtida dalillar bilan ushlandi. Xorazm viloyatida esa dorixona sotuvchisi 150 dona «Benzonal» dorisini shifokor retseptsiz sotgan.

Shuningdek, poytaxtning Chilonzor tumanida yana bir dorixona sotuvchisi 140 dona «Benzonal» dori vositasini hech qanday retseptsiz sotganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda. Mutasaddilar aholiga dorilarni faqat retsept bo‘yicha sotib olish va noqonuniy savdoga aralashmaslikni tavsiya qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq departament Toshkent shahrida qonunga xilof ravishda dori vositalari sotayotgan shaxsni ushlagan edi.

Shuningdek