
Kia kompaniyasi Kia Sportage 2026 modelining yangilangan versiyasini Guanchjou avtosalonida taqdim etdi. Bu haqda Autohome xabar bermoqda.
Rasmiy taqdimot ko‘rgazma davomida bo‘ladi. Sotuvlar 2026-yilning birinchi choragida boshlanishi kutilmoqda.
Ilk suratlarga ko‘ra krossoverning yangi Kia dizayn konsepsiyasiga moslashgani ko‘rinadi. Avtomobilning o‘lchamlari 4695 × 1678 × 1680 mm bo‘lib, bazasi 2755 mm. Salon ham to‘liq yangilangan.


Model kapoti ostida ikkita turbomotor taklif etiladi. Bazaviy 1,5 litrli dvigatel 200 ot kuchi beradi. Kuchliroq 2,0 litrli variant esa 244 ot kuchiga ega. Har ikkala motor 8 pog‘onali avtomat uzatma bilan juftlikda ishlaydi.
Kia Sportage 2026 bo‘yicha batafsil ma’lumotlar yaqin kunlarda e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Kia Tasman uchun to‘liq off-roаd tuning to‘plami taqdim etilgani haqida yozgan edi.