Sirdaryoda Gentra salonidan 78,1 mln so‘mlik noqonuniy tamaki mahsulotlari topildi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Sirdaryoda tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi to‘xtatib qolindi / Foto: Bosh prokuratura departamenti

Sirdaryo tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida to‘xtatilgan Gentra rusumli avtomobil salonida ming dona noqonuniy tamaki mahsulotlari topildi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, avtomobil egasi tamaki mahsulotlarini noqonuniy savdoga chiqarib kelgan. Ularning umumiy qiymati 78,1 mln so‘m bo‘lib, barcha mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq departament tomonidan Xorazmda 1,6 mlrd so‘mlik noqonuniy elektron tamaki mahsulotlari fosh etilgan edi.

Shuningdek