Yangi BYD Denza Z9 avtomobili haqida nimalar ma’lum

21-noyabr 2025 12:36 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
BYD Denza Z9
Foto: 32cars

Denza brendi tomonidan yangi BYD Denza Z9 avtomobili taqdim etildi. Bu haqda 32cars nashri xabar bermoqda. Model BYD va Mercedes-Benz hamkorligida yaratilgan.

Model biznes-klass segmentiga mo‘ljallangan bo‘lib, yevropalik flagmanlarga raqobatchi sifatida ko‘rilmoqda. Katta kuzovi, pastga egilgan tom chizig‘i, yashirin eshik tutqichlari va orqa qismdagi ingichka LED chizig‘i avtomobilning premium ko‘rinishini kuchaytiradi. Kattaroq disklar va keskin yon chiziqlar uning sport xarakterini ko‘rsatadi.

Foto: 32cars

Salonda yorqin ranglar, katta vertikal ekran, raqamli panel va butun old panel bo‘ylab cho‘zilgan dekor elementlari qo‘llangan. Minimalistik arxitektura, yangi rul va aniq chiziqlar Denza Z9’ning yuqori toifadagi avtomobil ekanini bildiradi.

Model ikki variantda taqdim etildi. To‘liq elektr versiya 965 ot kuchiga ega va 0-100 km/soatga 3,4 soniyada chiqadi. PHEV-gibrid esa 870 ot kuchi bilan 3,6 soniyada tezlanadi. Elektr versiyaning yurish masofasi CLTC bo‘yicha 630 km. Gibrid versiya to‘liq elektr rejimida 201 km masofani bosib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri BYD Denza N8L modeli haqida yozgan edi.

Shuningdek