
Dam olish kunlari uchun qaysi filmni tanlashni bilmayotganlarga Kursiv Uzbekistan bir nechta janrdagi variantlarni tavsiya qiladi. Ushbu tanlov sizga dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazish, yangi bilim olish va kayfiyatingizni ko‘tarish imkonini beradi.
«Dedpul va Rosomaxa» («Deadpool & Wolverine»)
«Dedpul va Rosomaxa» Marvel tomonidan 2024-yilda suratga olingan jangari, komediya film. Film ikki doʻst Dedpul / Ueyd Uilson va Vulverin / Loganning sarguzashtlari haqida hikoya qiladi.
Syujetda Uilson oddiy hayotini tark etib, Time variance authority (TVA) tomonidan chaqiriladi. U makonni xavf ostidan qutqarish missiyasiga kirishadi. Shu missiya davomida u boshqa olamdan kelgan Logan bilan jamoaga aylanadi va katta xavflarni boshdan kechiradi.
Film rejissiori – Shon Levi, ssenariy mualliflari Ret Riz, Pol Vernik va Zeb Uells. Asosiy rollarni Rayan Reynolds (Dedpul) va Hyu Jekman (Vulverin) ijro etgan.
«Qirol nutqi» («The King’s Speech»)
Rejissyor Tom Huper tomonidan 2010-yilda suratga olgan mazkur film Buyuk Britaniya hukmdori qirol Jorj VI ning haqiqiy hayotiga asoslangan biografik film.
Asarda qirolning nutq yetkazishdagi og‘ir muammosi, duduqlanishi va uni yengish jarayoni markazga qo‘yiladi. Film nafaqat tarixiy voqealar, balki insonning ichki kurashi, qo‘rquv ustidan g‘alabasi va o‘zini yengish qobiliyati haqida ham hikoya qiladi.
Filmda Kolin Fyort qirol obrazini ijro etgan va bu rol unga Oskar sovrinini olib kelgan. Helena Bonem Karter esa filmda qirolicha Elizaveta obrazini jonlantiradi.
«Ijtimoiy tarmoq» («The social network»)
Film Facebookning paydo bo‘lish jarayoni, uning asoschilari orasidagi murakkab munosabatlar va texnologik inqilob ortidagi keskin ziddiyatlarni yoritadi. Rejissyor Devid Fincher.
Filmda Sukerberg rolini Jessi Ayzenberg, Eduardo Saverinni Endryu Garfild, Uinklvossni esa Armi Hammer mahorat bilan ijro etgan.
Hikoya yosh va iste’dodli talabalar Mark Sukerberg, Eduardo Saverin va Uinklvoss egizaklari o‘rtasidagi ziddiyatlar orqali ochiladi. Mark Facebookni yaratish g‘oyasini ilgari surib, qisqa vaqt ichida uni butun dunyo bo‘ylab talabalarning diqqat markaziga aylantiradi. Ammo muvaffaqiyat ortidan kelgan mashhurlik do‘stlik, ishonch va ambitsiyalarni sinovdan o‘tkazadi. Eduardo bilan munosabatlar buziladi, Uinklvosslar intellektual mulkni o‘g‘irlaganlik bo‘yicha sudga murojaat qiladi va Mark texnologik yutuqlar orasida yakka qolgan dahoga aylanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Guchchi uyi» filmi haqida ma’lumot bergandi.