Oʻzbekistonda yengil avtomobil ishlab chiqarish hajmi qariyb 10 foizga oshdi

2025-yilning yanvar – oktabr oylarida Oʻzbekistonda 370 mingdan ortiq yengil avtomobillar ishlab chiqarildi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi ma’lum qildi.
Unga koʻra, bu oʻtgan yilning mazkur davriga nisbatan 30,2 ming donaga koʻp. Eng koʻp ishlab chiqarilgan model Cobalt boʻlib, hisobot davrida 131 ming dona yigʻildi. Ishlab chiqarish hajmi boʻyicha 75 ming dona bilan Damas ikkinchi boʻldi. Shuningdek, 40 ming dona Tracker, 25 ming dona Onix ishlab chiqarildi.
Shu bilan birga, mahalliy zavodlarda yigʻilayotgan xorijiy brendlar ham oʻsishni davom ettirdi. Jumladan, KIA – 21 ming dona, Chery – 7,7 ming dona, Haval – 7,6 ming dona, BYD – 15 ming dona avtomobil bilan qayd etildi. Bundan tashqari, yil davomida 500 dona Tank 500 ham tayyorlangan. Maxsus yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi esa 44 ming donani tashkil etdi.
Ma’lumot uchun, UzAuto Motors 3-noyabr kuni sotuvga qoʻygan 100 mingta Chevrolet Cobalt boʻyicha 7 kun ichida atigi 20 833 mingta avtomobil uchun toʻlov tushganini bildirgandi. Qolgan shartnomalar bekor qilingan boʻlib, kompaniya sotilmagan avtomobillar boʻyicha keyingi jarayonlarni alohida e’lon qilgan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet Cobalt uchun salonlarda shartnomalar ochilgani haqida xabar bergan edi.