APL. “Chelsi” safarda “Byornli”ni magʻlub etib, turnir jadvalida ikkinchi oʻringa koʻtarildi

22-noyabr 2025 21:51 eʼlon qilindi

Mirjalol Norqobilov

Mirjalol Norqobilov

Yangiliklar muharriri m.norqobilov@kursiv.media
Foto: APL sayti

Angliya Premyer-ligasining navbatdagi turida «Chelsi» safarda «Byornli»ni 2:0 hisobida magʻlub etdi va turnir jadvalida ikkinchi oʻringa koʻtarilib oldi.

Uchrashuvdagi hisob birinchi boʻlimning 36-daqiqada ochildi. Bayno-Gittensning aniq uzatmasidan soʻng Nеtу bosh bilan darvozani ishgʻol qildi. Ikkinchi boʻlimda mehmonlar ustunlikni yana bittaga mustahkamladi: Enso Fernandes zaxiradan tushib, hisobni 2:0 koʻrinishiga keltirdi.

Uchrashuv davomida «Chelsi» toʻliq ustunlikni ushlab turdi, toʻqqizta burchak toʻpi va bir nechta xavfli hujumlar yaratdi. «Byornli» esa keskin vaziyat yarata olmadi va uchrashuvni golsiz yakunladi.

Mazkur gʻalabadan soʻng «Chelsi» ochkolari sonini 23 taga yetkazib, turnir jadvalida ikkinchi oʻringa koʻtarilib oldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Neftchi» 24 yildan soʻng yana chempionlikni qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek