Andijonda Hakamlik sudi sudyasi qo‘lga olindi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zgatildi
Pora
Andijonda Hakamlik sudi sudyasi qo‘lga olindi / Foto: Poole.ncsu.edu

Andijonda Hakamlik sudi sudyasi fuqarolarni chet elga ishga yuborilishi bilan bog‘liq noqonuniy harakat bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, sudya ikki fuqaro­ni Janubiy Koreyaga mavsumiy ishchi sifatida yuborishni va’da qilib, buning evaziga $15 ming talab qilgan hamda oldindan $4,1 ming avans olgan.

Ammo va’dasini bajara olmagach, pulning bir qismini qaytarish vaqtida Davlat xavfsizligi xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan dalillar bilan ushlandi.

Sudyagа Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a» bandi va 28, 211-moddasi 2-qismi «b» bandi bo‘yicha ish qo‘zgatilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xovosda ikki nafar IIB xodimi pora ustida ushlangan edi.

Shuningdek