Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

eʼlon qilindi
Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi / Foto: Bosh prokuratura departamenti

O‘zbekistonning bir nechta hududida elektr energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Jomboy tumanida fermer xo‘jaligi rahbari suv nasosini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 106,4 mln so‘mlik energiyadan noqonuniy foydalangan.

Qoraqalpog‘istonda esa YTT savdo do‘koni 97,8 mln so‘mlik elektrdan, Ishtixonda fuqaro novvoyxona uchun 82,5 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) asosida jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryoda Gentra salonidan 78,1 mln so‘mlik noqonuniy tamaki mahsulotlari topilan edi.

Shuningdek