Tank 300 Polar Edition avtomobili qanday xususiyatlarga ega

24-noyabr 2025 09:49 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Autohome

Tank 300 Polar Edition avtomobili Guanchjou 2025 avtosalonida namoyish etildi. Bu haqda Autohome xabar bermoqda.

Ushbu maxsus versiya Tank 300 asosida chuqur qayta ishlangan. Mashina og‘ir off-rouding uchun moslangan. Model Xitoyning Shimoliy va Janubiy qutb ekspeditsiyalari uchun tanlangan.

Foto: Autohome

Mashina oldindan buyurtma uchun ochilgan. Jami 300 dona ishlab chiqariladi va dunyo bo‘ylab sotiladi.

Tashqi ko‘rinishda Polar Orange rangdagi kuzov va maxsus logotip bor. Sovuq hududlarda qulay yurish uchun uchta funksional paket taklif etiladi. Winter Guardian to‘plamida old oyna va purkagich isitgichi bor. Snow Conquest to‘plamida AT tipidagi yo‘ltanlamas shinalar mavjud. Escort to‘plamida esa simsiz boshqariladigan osma tizimi bor.

Foto: Autohome

Kapot ostida 2,4 litrli dizel motor bor. Uning quvvati 186 ot kuchi, aylanish momenti 490 Nм. U 9 pog‘onali avtomat uzatma bilan birga ishlaydi. Bu agregatlar Antarktida sharoitida sinovdan o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Tank 400 avtomobili sotuvga chiqqani haqida yozgan edi.

Shuningdek