O‘zbekiston sanoat korxonalari soni 58,6 mingtaga yetdi

eʼlon qilindi
Korxonalarning eng katta qismi oziq-ovqat sanoatiga to‘g‘ri keladi
Foto: Catgirlmutant / Unsplash

2025-yil 1-noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 58,6 mingta sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Korxonalarning eng katta qismi oziq-ovqat sanoatiga to‘g‘ri keladi. Bu yo‘nalishda 11,7 mingta korxona bor. Ularning ulushi 20 foizni tashkil qiladi.

Boshqa yirik yo‘nalishlar orasida nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish 8,2 mingta korxona bilan 14 foizni egallaydi. Kiyim ishlab chiqarish 5,8 mingta korxona bilan 10 foiz ulushga ega.

Metall buyumlar ishlab chiqarish 4,7 mingta korxona bilan 8,1 foizni tashkil qiladi. Mebel ishlab chiqarish esa 4 mingta korxona bilan 6,9 foiz ulushga ega. To‘qimachilik mahsulotlari bo‘yicha 3,6 mingta korxona faoliyat yuritmoqda. Bu yo‘nalishning ulushi 6,2 foizni tashkil etadi.

Jadval:

Yo‘nalishKorxonalar soni (mingta)Ulushi (%)
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish11,720,0
Boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish8,214,0
Kiyim ishlab chiqarish5,810,0
Tayyorgarlik metall buyumlar ishlab chiqarish4,78,1
Mebel ishlab chiqarish4,06,9
To‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish3,66,2
Boshqa faoliyat turlari34,8
Jami sanoat korxonalari58,6 mingta100%

Qolgan 34,8 foizlik ulush boshqa turdagi sanoat faoliyatlariga to‘g‘ri keladi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda eng ko‘p chet el korxonalari Xitoy sarmoyasi bilan ochilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek