Fond bozori: «O‘zmetkombinat» aksiyalari 14 foizga tushdi, bir qancha banklar o‘sishga erishdi

«Toshkent» respublika fond birjasi (RFB)dan joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 14-noyabrdan 21-noyabrgacha bo‘lgan davrda ijobiy dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 2,3 foizga oshdi.
Ushbu davr mobaynida «Biznesni rivojlantirish banki» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 12,85 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «O‘zsanoatqurilishbank» (+7,14%) va «O‘ztelekom» (+4,41%) imtiyozli aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.
O‘z navbatida, «O‘zmetkombinat» aksiyalari 14,29 foizga arzonlashib, haftaning eng katta pasayishini qayd etdi. Bundan tashqari, «Garantbank» (-9,58%) va «O‘zbekneftgaz» (-9,54%) aksiyalari ham pasayish bilan ajralib turdi. Faqatgina «O‘ztelekom» va «Ipoteka-bank» aksiyalari narxida o‘zgarish kuzatilmadi.
Ushbu davrda bitimlar soni bo‘yicha «Hamkorbank» (633 ta bitim), «O‘zmetkombinat» (555 ta) va «Kapital sug‘urta» (506 ta) peshqadam bo‘ldi.
Aksiyalar bozorida ushbu haftada hajm bo‘yicha esa «Hamkorbank» (834,45 mln so‘m) yetakchilik qildi. «O‘zbektelekom» (445,64 mln so‘m) va «O‘RTXB» (430,61 mln so‘m) aksiyalari yuqori uchlikdan joy oldi.
Yuqori likvidli aksiyalardan 10 tasi haftani ijobiy, ikkitasi o‘zgarishsiz, 17 tasi salbiy natija bilan yakunladi. Birjaviy savdolarning asosiy maydonchadagi umumiy hajmi 2,2 mlrd so‘m bo‘ldi.
O‘tgan haftada «Toshkent» respublika fond birjasi (RFB)da UCI fond indeksi UCI fond indeksi 0,67 foizga oshgani haqida xabar berilgandi.
Ushbu davr mobaynida «Qashqadaryo texnologik transport» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 4,91 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «Qizilqumsement» (+4,84%) va «Biokimyo» (+4,65%) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.