O‘zbekistonda gaz eksporti oshdi

eʼlon qilindi
Joriy yilning o‘n oyida gaz eksporti $568,2 mlnga yetgan
газовые трубы
Foto: NPO Spetsneftemash

O‘zbekistonda yanvar – oktabr oylarida gaz eksporti oshdi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Joriy yilning o‘n oyida gaz eksporti $568,2 mlnga yetdi. Yillik o‘sish 5,1 foizni tashkil etdi. Xitoy bojxonachilarining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston yanvar – oktabr oylarida Xitoyga umumiy qiymati $695,58 mln bo‘lgan gaz xomashyosi yetkazib bergan.

Gaz qazib olish bir yilda 5,3 foizga kamayib, 35,5 mlrd kub metrni tashkil etdi. Gaz kondensati ishlab chiqarish 1 mln tonnadan 930,9 ming tonnagacha tushgan.

O‘zbekistonda gaz ishlab chiqarish qisqarayotgani fonida, Qozog‘iston Rossiya gazini O‘zbekistonga tranzit qilish hajmini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi. Kutilishicha, Rossiyadan O‘zbekistonga gaz tranziti yil oxirigacha 6 mlrd kub metrgacha yetishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonda gaz qazib olish 5 foizga qisqargani haqida yozgan edi.

Shuningdek