2026-yildan Saudiya Arabistoni chet elliklarga ko‘chmas mulk sotib olishga ruxsat bermoqchi

eʼlon qilindi
Ar-Riyod, Jidda, Makka va Madina kabi yirik shaharlardan
Saudiya Arabistoni
Foto: Sun‘iy intellekt yordamida yasaldi

Saudiya Arabistoni 2026-yil yanvaridan boshlab chet el fuqarolariga qirollik hududida ko‘chmas mulk xarid qilishga ruxsat bermoqchi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, hukumat Vision 2030 strategiyasi doirasida ko‘chmas mulk bozorini ochishga qaratilgan qonun o‘zgartirishlarini ishlab chiqmoqda. Mazkur farmon iyul oyida imzolangan bo‘lib, kelasi yildan kuchga kirishi kutilmoqda.

Shuningdek, yangi tartib bilan chet elliklar Ar-Riyod, Jidda, Makka va Madina kabi yirik shaharlarda turar-joy, tijorat va sanoat obyektlarini, qurilish uchun mo‘ljallangan yer maydonlarini xarid qilishi mumkin bo‘ladi. Makka va Madinada esa ushbu huquq faqat chet ellik musulmonlarga beriladi.

Rejalashtirilayotgan o‘zgarishlar xorijiy investorlar uchun ulushli egalik tizimini ham joriy qiladi. Belgilangan hududlarda chet elliklar ulushi 70 foizdan 90 foizgacha yetishi mumkin. Hududlarning aniq ro‘yxati hujjat tasdiqlangach e’lon qilinadi.

Cityscape Global forumida Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish boshqarmasi rahbari Muhammad al-Sulaymonning aytishicha, chet elliklar loyihalardagi ulushlarni hatto masofadan turib ham sotib olishlari mumkin bo‘ladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Saudiya Arabistoni 2034-yilgi Jahon chempionati uchun osmono‘par stadion qurishi haqida yozgandi.

Shuningdek