Yangilangan Realme C85 qachon namoyish qilinishi ma’lum bo‘ldi

24-noyabr 2025 15:41 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Realme
Foto: Gizmochina

Realme o‘zining arzon segmentdagi yangi Realme C85 smartfoni uchun aniq sanani e’lon qildi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.

Kompaniya chiqargan rasmiy tizerga ko‘ra, qurilma Hindistonda 28-noyabr kuni soat 12:00 da namoyish etiladi. Flipkart sahifasida esa modelning asosiy xususiyatlari allaqachon ko‘rsatildi.

Realme C85 ning eng katta afzalligi bu 7 000 mA/soat hajmdagi ulkan akkumulyator. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, smartfon 22 soatlik video ko‘rish, 50 soatlik qo‘ng‘iroq yoki 145 soatgacha musiqa tinglashni bir martalik quvvat bilan taqdim eta oladi. Hatto quvvat 1 foizga tushganida ham 9 soat kutish rejimi yoki 40 daqiqalik qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati mavjud.

Smartfon 45 Vt tezkor quvvat olishni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, 6,5 Vt kuchda teskari quvvat berish funksiyasi ham bor. Qurilma harbiy standartdagi zarba chidamliligi va IP69 himoya darajasiga ega bo‘ladi. Old panelda 1200 nit yorqinlikka ega AMOLED displey, orqa qismda esa 50 MP Sony asosiy kamera joylashadi. Kamera sun’iy intellekt asosidagi tahrirlash vositalarini qo‘llaydi.

Realme C85 seriyasi birinchi marta noyabr oyida Vyetnamda taqdim etilgandi. Hindistonga aynan o‘sha model yoki yangilangan versiya kelishi hozircha noma’lum, chunki Vetnamda oddiy C85 LCD ekran bilan, Pro versiya esa AMOLED displey bilan chiqqan.

Yangi model bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar taqdimot kuni e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Realme GT 8 Pro Yevropada va Hindistonda sotuvga chiqqani haqida yozgan edi.

Shuningdek