O‘zbekistonliklarga «JCh – 2026» uchun AQSh vizasini oldindan olish tavsiya etildi

2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati birinchi marta uch mamlakat – AQSh, Kanada va Meksikada o‘tkaziladi. AQSh muxlislar uchun vizalarni o‘z vaqtida berishni ta’minlash maqsadida konsullik infratuzilmasini kuchaytirdi, deya xabar bermoqda «Dunyo» AA.
AQSh davlat kotibi Marko Rubioga ko‘ra, yirik tadbirga tayyorgarlik uchun dunyo bo‘ylab 400 dan ortiq qo‘shimcha konsullik xodimlari yo‘naltirildi. Xodimlar sonining ko‘payishi natijasida 80% mamlakatlarda suhbatga yozilish 60 kun ichida amalga oshiriladi, avval esa kutish bir yilgacha yetgan. Masalan, Braziliya va Argentinada kutish endi ikki oydan ham.
O‘zbekiston tomoni AQSh elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda jahon chempionatida ishtirok etadigan fuqarolar va muxlislar uchun vizalarni tezlashtirish masalalari muhokama qilindi. TIV Konsullik-huquqiy departamenti fuqarolarga hujjatlarni erta topshirish, chiptalarni rasmiy manbalardan xarid qilish va turist vizasi AQShda ishlash yoki uzoqroq qolish huquqini bermasligini eslatadi. Noqonuniy xizmatlardan foydalanmaslik va AQSh migratsiya siyosati bilan tanishish tavsiya etiladi.
Har bir o‘zbekistonlik AQShda har qanday noqonuniy harakatlar kelajakda hukumat qarorlariga ta’sir qilishini anglab yetishi lozim. Hukumati belgilangan qoidalar va tartiblarga rioya qilish biznes va mehnat migratsiyasi imkoniyatlarini kengaytiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA muxlislar e’tirozidan keyin «JCh – 2026» rasmiy posterini almashtirgan edi.