Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining AQSHdagi vakili bo‘ldi

eʼlon qilindi
Prezident Administratsiyasi rahbarining maslahatchisi lavozimidagi faoliyatini ham davom ettiradi
Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining AQSHdagi vakili bo‘ldi / Foto: Prezident matbuot xizmati

Komil Ismoilovich Allamjonov Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan maslahatchi vakil, ya’ni AQShdagi vakil lavozimiga tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shu bilan birga, u Prezidenti Administratsiyasi rahbarining maslahatchisi lavozimidagi faoliyatini ham davom ettiradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan iyun oyida Komil Allamjonov Saidа Mirziyoyevaning mustaqil maslahatchisi bo‘lgani haqida yozgan edi.

Shuningdek, Allamjonov AQShga o‘zbekistonliklar uchun 10 yillik vizalar joriy etishni taklif qilgandi.

Bu tashabbus O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi vizaviy tartiblarni soddalashtirish jarayonining bir qismi sifatida ilgari surildi. Eslatib o‘tamiz, 2025-yil may oyida prezident Shavkat Mirziyoyev Tashqi ishlar vazirligiga AQSh bilan vizaviy tartibotlarni yengillashtirish bo‘yicha muzokaralarni boshlashni topshirgan edi.

Shuningdek