Namanganda 1,4 milliard so‘mlik qalbaki dori vositalari musodara qilindi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Noqonuniy dori vositalari
Namanganda 1,4 milliard so‘mlik qalbaki dori vositalari musodara qilindi / Foto: Pexels.com

Namangan viloyatida 1,4 mlrd so‘mlik qalbaki va yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalari hamda tibbiy buyumlarning savdoga chiqarilishiga chek qo‘yildi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, departament, DXX, IIB va Bojxona xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda «M.A.» MChJ ombori mudiri Namangan shahar, «Ilg‘or» MFY hududidagi noturar binoda turli nomdagi dori vositalari va tibbiy buyumlarni sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlandi. Jami 1337 turdagi mahsulot ashyoviy dalil sifatida olindi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Mazkur modda sifati kafolatlanmagan yoki qalbakilashtirilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, olish, saqlash, tashish yoki sotishni taqiqlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Davlat xavfsizlik xizmati va chegara qo‘shinlari hamkorligida tezkor tadbirda Rossiyadan noqonuniy olib kelingan tibbiy buyum va dori vositalari to‘xtatib qolingan edi.

Shuningdek